Anarxiya


Saqlash
16:04 / 12.04.2023 0 2199

Anarxiya (yunoncha anarchia – boshboshdoqlik) – davlatda yoki jamiyatni boshqarishda yagona rahbarning, hamma uchun majburiy qonun-qoidalar, odob-axloq me’yorlarining yo‘qligi, hokimiyatga da’vogar turli siyosiy kuchlarning o‘zaro kurashi kuchayishi oqibatida yuzaga keladigan holat.

 

Bunday holda jamiyat a’zolari, xalq va millatning umumiy birligi va yakdilligini ta’minlaydigan ma’naviy mezonlar ham buzilib ketadi, ma’naviyat qoidalari hamda talablari qadrsizlanadi. Anarxiya, yuzaki qaraganda, demokratiyaning bir ko‘rinishiga o‘xshaydi, ammo u butunlay boshqa hodisadir. Anarxiya sharoitida siyosiy liderlar ko‘payadi. Anarxiya individualizm sifatida XIX asrda Fransiya va Ispaniyada keng tarqaldi. M.Shtirner, P.Prudon, M.Bakunin anarxiya liderlaridir. XX asr boshlarida anarxiya tarafdorlarini har qanday hokimiyatga qarshi, hokimiyatsizlikni yoqlovchilar deb tushunar edilar.

 

Anarxiyaning falsafiy asosi individualizm – shaxsiyatparastlik, subyektivizm – o‘z qarashlarini ustun qo‘yish, volyuntarizm – o‘zboshimchalikdir. Anarxiya tarafdorlari inqilob, to‘ntarish yo‘li bilan davlatni egallashni ham qoralaydi. Anarxiya gohida har qanday mustahkam davlat tuzumiga qarshi g‘oya sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 348
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 585
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 526
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 861
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 562
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233886
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113282
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67615
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56453
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50879
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39411
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39198
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38631
“Avesto”

//