Suverenitet


Saqlash
17:04 / 11.04.2023 0 10742

Suverenitet (fransuzcha souverainite – oliy hokimiyat) – davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligi. Davlat suvereniteti haqidagi g‘oya XVI asrda fransuz olimi Jan Boden tomonidan ilgari surilgan. U suveren bo‘lmagan davlatni davlat deb hisoblamagan. J.Boden bunda davlatning oliy hokimiyatini nazarda tutgan. Suverenitet xalqning to‘la hukmronligi yoki xalq boshqaruvi to‘la-to‘kis ta’minlangan holatdir.

 

Davlat suvereniteti mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borish, o‘z hududining daxlsizligini ta’minlash; qonunlarni qabul qilish; urush va tinchlik masalasini hal qilish; sud hokimiyatini amalga oshirish; mansabdor shaxslarni tayinlash; mustaqil valyutaga ega bo‘lish kabilarni taqozo qiladi. Xalqaro huquqning rivoji jarayonida davlat suvereniteti haqidagi g‘oya muttasil takomillashib, mazmunan boyib bordi. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, BMT hujjatlari, davlatlar konstitutsiyalarida bu g‘oya o‘z ifodasini topgan. Respublikamizning mustaqilligi davlat suverenitetining asosidir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1-moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” ekanligi belgilab qo‘yilgan. Xalq suvereniteti g‘oyasi XVI asrda yashagan yevropalik olim Mirsiliy Paduanskiy tomonidan ilgari surilgan. Keyinchalik bu g‘oyani huquqshunos olim Iogann Altuzi (1557–1638) “Siyosat”, fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo “Ijtimoiy shartnoma yoki siyosiy huquq tamoyillari” asarlarida rivojlantirgan. Bu g‘oya XVIII asrdagi Buyuk fransuz inqilobidan so‘ng, “Inson va fuqaro huquqlari” deklaratsiyasi (1889 yil) qabul qilinishi bilan yanada katta ahamiyat kasb etdi. Bu ta’sir natijasida qabul qilingan Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida “Milliy suverenitet xalqniki bo‘lib, xalq uni o‘z vakillari va referendum orqali amalga oshiradi”, deya e’tirof etilgan. Bu tamoyil jahondagi aksariyat mamlakatlar konstitutsiyalarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi”, deyilgan.

 

Xalq suvereniteti g‘oyasi tamoyillari quyidagilardir: a) hokimiyatning birdan-bir manbai xalqdir; b) barcha qonunlar xalq tomonidan qabul qilinishi lozim; v) hukumat xalq tomonidan saylanishi va xalq nazorati ostida o‘z faoliyatini amalga oshirishi zarur. Sharqda suverenitetning mazmun-mohiyati mustaqillik tushunchasi orqali ifodalanadi. Istiqlol davrida respublikamiz o‘z suveren huquqlariga to‘la-to‘kis ega bo‘lgan mustaqil mamlakatga aylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 599
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 667
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 408
Armon bobo



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227451
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109352
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 57065
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 43999
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41447
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 33438
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31938
Alpomish

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31453
Kompetentlik

//