Vandalizm


Saqlash
15:04 / 11.04.2023 0 1897

Vandalizm – zamonaviy talqinda ma’naviy buzg‘unchilik va vayronkorlikni anglatuvchi tushuncha, tarixiy jihatdan esa milodiy 455 yilda Rimni zabt etib, ko‘plab antik va nasroniy madaniyat yodgorliklarini vayron qilgan qadimiy german qabilasining nomidan kelib chiqqan atama.

 

Bu ibora ilmiy muomalada madaniy-tarixiy va moddiy boyliklarni vayron qilish timsoli sifatida qollanadi. Hozirgi vaqtda vandalizm tushunchasi jamoat tartibini buzishning ayrim turlari, xususan, jamoat, xususiy va kommunal mulkka shikast yetkazish, talim-tarbiya maskanlari, transport vositalaridagi asbob va jihozlarni ishdan chiqarish, devorlarga gayriaxloqiy yozuvlarni yozish, bir soz bilan aytganda, buzgunchilikka qaratilgan harakatlarni anglatadi. Vandalizmning barcha shakl va korinishlari statistikada toliq aks ettirilmayotgan bolsa-da, mavjud malumotlarning oziyoq bu illat bazi mamlakatlarda goyat keng tarqalganidan dalolat beradi. Masalan, AQSHda bunday xatti-harakatlar oqibatida har yili 200 mingga yaqin, jumladan, 15 ming kishi ataylab yong‘in sodir etgani uchun hibsga olinadi. Ogayo shtatidagi 899 oilada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ulardan 15,5 foizi bir yilda kamida bir marta, 40 foizdan ortig‘i esa ikki va undan ko‘proq holatlarda vandalizm ko‘rinishlariga duch kelgan.

 

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar jamiyatga juda katta moliyaviy zarar keltiradi. A.Xauberning hisob-kitoblariga binoan, Gollandiyada vandalizmdan kelayotgan kundalik zarar 4 mln. dollarni, A.Golshteynning ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda bu ko‘rsatkich 1 mlrd. dollarni tashkil etadi. Masalan, 1990 yilda AQSHning umumta’lim maktablarida vandallar yetkazayotgan zararni qoplash uchun 600 mln. dollar sarflangan. Gʻarb mamlakatlari ilmiy adabiyotida vandalizm jinoyatlari ongli va ongsiz ravishda sodir etilishi ta’kidlansa-da, amalda ularni bir-biridan ajratish qiyin. Chunki har ikki holatda ham ular keltirib chiqaradigan oqibatlar bir xil: moddiy va madaniy yodgorliklar vayron etiladi, atrof-muhitdagi muvozanat izdan chiqadi va ko‘pgina hollarda kishilarga jiddiy ma’naviy zarar yetkaziladi.

 

Vandalizm xatti-harakatlarining mazmun-mohiyati, iqtisodiy-ijtimoiy, psixologik va boshqa omillariga doir yaxlit ilmiy asoslangan konsepsiya hozirgacha yaratilmagan bo‘lsa-da, unga undovchi sabablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

 

1) moddiy manfaatdorlik (masalan, rangli metallarga ega asbob-uskunalarni ishdan chiqarish, ibodatxona va ziyoratgohlardan qimmatbaho buyumlar – tilla yoki kumush idishlar, ikonalar va hokazolarni o‘g‘irlash);

2) boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan vandalizm (masalan, narxlarning pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahsulotning butun partiyasini ishdan chiqarish);

3) mafkuraviy vandalizm (bunda vandalning ma’lum ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan buzg‘unchi g‘oyasi va unga asoslangan xatti-harakatlari muayyan hokimiyat shakli, siyosiy institut, ijtimoiy va milliy guruhga qarshi qaratiladi);

4) qasos, o‘ch olish maqsadida amalga oshirilgan vandalizm (masalan, boshqa kishilarning yutuqlariga hasad va nafrat bilan boqish, ularga yetkazilgan azob-uqubat va zarardan huzurlanish);

5) o‘zligini chek-chegarasiz namoyon etish, o‘ta shuhratparastlik bilan bog‘liq vandalizm.

 

Masalan, qadimgi Yunonistonda Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ygan Gerostrat, o‘z davlati poytaxti Rimni yoqib yuborgan imperator Neron yoki hozirgi davrda dunyodagi qator muzeylarda saqlanayotgan bebaho san’at asarlariga katta zarar yetkazayotgan kimsalar vandalizm g‘oyasining ta’siriga tushgan shaxslar timsolidir. Gʻarb mutaxassislarining ta’kidlashicha, mazkur hodisaning o‘sha hudud va mintaqalarda tobora keng ko‘lamda namoyon bo‘lib borayotgani, avvalo, ma’naviyat va azaliy qadriyatlarning inqirozga yuz tutayotganidan dalolat beradi. Bu hodisaning ilmiy asoslangan konsepsiyasi yaratilishi vandalizmga qarshi kurashishning zamonaviy usul hamda texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 214
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 239
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 260
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 309
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224671
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107662
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54981
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39857
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39698
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31033
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30482
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29882
Alpomish

//