Gumanizm


Saqlash
17:04 / 10.04.2023 0 10326

Gumanizm (lotincha humanus – insoniy) – insonni ulug‘lovchi falsafiy ta’limot, insonparvarlik tamoyillarining ustuvorligi barcha tuzumlar, davlatlar, jamiyatlar uchun asosiy faoliyat mezoni bo‘lishi lozimligini ifodalaydigan tushuncha. Aksariyat Gʻarb mutaxassislari gumanizmning “antroposentrizm” (inson borliq mohiyatining asosiga qo‘yilishi) g‘oyasiga tayanishini e’tirof etadi.

 

O‘rta asrlardagi gumanizm rivojini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1) ilk gumanizm – XIV asrning 30–90-yillari;

2) gumanizmning yuksalish davri – XIV asrning birinchi yarmi;

3) bevosita gumanistik talqindagi neoplatonizmning tarkib topishi – XV asrning ikkinchi yarmidan XVI asr boshlarigacha;

4) gumanizm g‘oyalari mazmunidan chekinishlar va gumanizm harakatining so‘nish davri – XVI asrning ikkinchi yarmi.

 

Ilk gumanistlar insonning hayotiy ehtiyojlariga e’tibor qaratib, uni borliq markaziga qo‘ygan. Bu davrda inson haqidagi ilmlarga, ayniqsa, she’riyat va axloq ilmiga qiziqish kuchaygan. Qadimgi yunon va Rim allomalari yaratgan meros jiddiy o‘rganilgan. Bu davr mutafakkirlari yerdagi moddiy hayot faqat inson uchun yaratilgan, uni ezgulik va adolatning tabiiy qonunlariga muvofiq ravishda tartibga solish ham insonning o‘ziga bog‘liqdir, degan g‘oyani ilgari surgan. XV asr ikkinchi yarmidan boshlab gumanistlar neoplatonizm g‘oyalarini yangicha talqin etishga kirishgan. Neoplatonchilar insonning tangriga bo‘lgan muntini talqin etishda ibtidoiy tasavvurlardan voz kechib, borliqni yaxlit tizim sifatida tushunib, tabiat va ilohiy mohiyatning o‘zaro ichki bog‘liqligiga e’tibor qaratgan. Ular o‘rta asrlarga xos tarkidunyochilik kayfiyatidan yuz o‘girib, yorug‘ dunyo go‘zalligini ilohiylashtirgan. Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar ta’sirida inson shaxsi borliq asosiga qo‘yilib, uni ulug‘lashga yo‘naltirilgan qarashlar majmui sifatida talqin etila boshlandi. Shu ma’noda, gumanizm tushunchasi turli tarixiy davrlar va hududlarda tarqalgan ta’limotlar va dunyoqarash tizimlariga tatbiqan ham qo‘llanadi. O‘zbek tiliga keng ma’nodagi gumanizm tushunchasi insonparvarlik” deb o‘girilgan. Keyinchalik fanga “Antik davr gumanizmi”, “Sharq gumanizmi” Xristian gumanizmi”, Islom gumanizmi” kabi tushunchalar kirib kelgan. Gumanizm bugungi kunda ma’naviyat talablari va tamoyillarini amalga oshirish usuli va vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 282
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 823
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 868
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228317
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109995
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58656
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46283
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42488
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36367
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34449
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31845
Kompetentlik

//