Jargon


Saqlash
16:04 / 10.04.2023 0 4262

Jargon (fransuzcha jargon – safsata) – biror ijtimoiy guruhning o‘ziga xos muloqotida uchraydigan so‘zlar va atamalarni ifodalaydigan tushuncha. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi, turli sheva hamda lahjalardan farq qiladi. Ko‘p hollarda, jargon inson ma’naviyatidagi salbiy qusurlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Uni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon barqaror bo‘lmaydi, u ham til, ham uslubiy jihatdan turli-tuman va tezda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Yoshlar orasida "ketdim" o‘rnida "sirpandim", "pul" o‘rnida "soqqa"; san’atkorlar orasida "xizmat uchun xaq olmaslik" o‘rnida "tomsuvoq", "pul" o‘rnida "yakan" va shu kabi jargonlar uchraydi.

 

Jargon ba’zida badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi, jargonlar turli tillarda so‘zlashuvchi xalq vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yig‘iladigan joylar (masalan, chegara, portlar)da ham paydo bo‘ladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan bo‘lsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli bo‘ladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozosiga ko‘ra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 348
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 585
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 526
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 861
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 562
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233886
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113282
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67615
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56453
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50879
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39411
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39198
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38631
“Avesto”

//