Ekstremizm


Saqlash
17:04 / 06.04.2023 0 1682

Ekstremizm (lotincha extremus – ashaddiy) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik. Ekstremizmni vujudga keltiradigan omillar ko‘p va xilma-xil. Ular orasida bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish davrida yuz beradigan ijtimoiy tuzilmalarning buzilishi, aholi katta guruhlarining qashshoqlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Bu omillar aholi turmush sharoitlarining yomonlashuviga olib keladi.

 

Davlat hokimiyatining zaiflashuvi, davlat organlarining obro‘sizlanishi, ijro intizomining pasayib ketishi, qadriyatlar tizimining yemirilishi, aksilijtimoiy kayfiyat va harakatlarning kuchayib borishi ham ekstremizmni vujudga keltiradigan sabablardan hisoblanadi. Ektremizm aholining siyosiy va ijtimoiy kayfiyatidan mavjud ijtimoiy tuzilmalarni vayron qilish maqsadida foydalanadi. Ekstremistik tashkilotlar Konstitutsiya va boshqa qonuniy hujjatlarga zid tarzda faoliyat yuritadi. Shu ma’noda, ekstremizm – huquqiy nigilizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi. XX asrning 80–90-yillarida siyosiy ekstremizmning namoyon bo‘lish ko‘lami kengaydi. Bu davrda odamlarni garovga olish, siyosiy qotilliklar, siyosiy partiyalar a’zolariga qurolli hujumlar uyushtirish, anarxistik, shovinistik va neofashist guruhlarning faollashuvi kuzatildi.

 

Ekstremizm siyosiy, psixologik, maishiy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Siyosiy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi – terrorizmdir. Ekstremistlar odamlarga qiyinchiliklarni tezda bartaraf qilish, tartibni kafolatlash, ijtimoiy ta’minotni yaxshilash singari va’dalar beradi. Siyosiy ekstremizm “so‘l” va “o‘ng” ko‘rinishlarga ega. So‘l ekstremistlar marksizm-leninizm, so‘l radikalizm, anarxizm va shu kabi mafkuralar bayrog‘i ostida harakat qiladi. So‘l ekstremizmga misol tariqasida Italiyadagi “Qizil brigadalar”, Kampuchiyadagi polpotchilar, Rossiya Federatsiyasidagi E.Limonov boshchilik qilayotgan natsional-bolsheviklar singari oqimlarni keltirish mumkin. O‘ng ekstremistlar aksilkommunizm, avtoritarizm, millatchilik va shovinizm ruhida harakat qiladi. O‘ng ekstremistlar qator xalqaro tashkilotlar – Yevropa ishchi partiyasi, Yevropa o‘ng kuchlari, Qora Internatsional, Fransiyadagi “Milliy front” kabilarga birlashgan. O‘ng va so‘l ekstremistlar olib borayotgan faoliyat vakillik demokratiyasi manfaatlariga ziddir. Shuning uchun ham Gʻarb siyosatshunosligida “Yagona ekstremizm”, “Ikki ekstremizm” va “Uch ekstremizm” konsepsiyalari mavjud. “Yagona ekstremizm” konsepsiyasi kommunistik va fashistik diktaturalarning mavjudligidan kelib chiqadi. “Uch ekstremizm” konsepsiyasiga ko‘ra, fashizm – sentristlar ekstrimizmi, kommunizm – so‘llar ekstremizmi, gollizm esa – o‘nglar ekstremizmidir. Portugaliyadagi Salazar rejimi o‘nglar rejimi hisoblanadi.

 

Diniy asoslarda vujudga kelgan ekstremistik guruh va oqimlar Gʻarbda ham, Sharqda ham mavjud. O‘rta Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda «Hizb ut-tahrir», «Akromiya», «Nurchilar» singari diniy-ekstremistik oqimlar vakillari qonunga zid holda faoliyat olib borishga urinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 300
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 545
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110611
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61033
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45157
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35683
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32693
Kompetentlik

//