O‘gay ona


Saqlash
16:10 / 18.10.2021 0 1678

– O‘qimas emishman, – dedi Oqil yana o‘jarlik bilan.

– Axir kim senga shunday dedi, bizga aytgin, – kuyundi direktor.

– Menga baribir endi... Hech kimning yordami kerakmas. Agar o‘zimning oyim bo‘lganlarida...

Oqilning lablari titradi, ko‘zlari yoshlandi. Burnini tortib qo‘ydi-da, o‘zini tutib olish uchun shiftga qaradi. Direktor gap nimada ekanini taxminan angladi. Biror xulosaga kelish uchun bu taxmin yetarli emasdi, shu sababli boladan yana so‘radi:

– Oqiljon o‘g‘lim, o‘jarlik qilma. Uyingda nima gap bo‘lganini menga ochiq aytaver. Biz seni xafa qildirib qo‘ymaymiz.

Oqil direktorga «rost aytyapsizmi?» deganday bir qarab oldi-da, nigohini derazaga qadab gap boshladi:

– O‘zim eshitdim, – dedi u yana burnini tortib qo‘yib. – Anovi... yangi oyim dadamga «o‘g‘lingiz katta yigit bo‘lib qoldi-ya, endi yoningizga olsangiz ham bo‘ladi», – dedi. Tag‘in men uni...

Oqil gapini tugata olmadi. Eshik ochilib, bir yoshlar chamasidagi shiringina bolani ko‘tarib olgan ko‘hlikkina juvon kirib keldi.

– Mumkinmi, voy xayriyat-ey! – dedi u ostona hatlab ichkariga kirgach. – «Oqiljonni maktabga chaqirib olib ketishdi», deyishsa, nima gap ekan, deb jonimni hovuchlab yugurib kelaveribman. Tinchlikmi o‘zi?

Juvonning salomlashishni ham unutib kirib kelishi uning g‘oyat xavotirda ekanidan darak berib turardi. Direktor buni tushundi. Uning kim ekanligini ham hayajonli so‘zlaridan angladi. Shu sababli gapni aylantirmay muddaoga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.

 – Tinchlik, – dedi u xotirjam ohangda so‘ng bolaga yuzlandi: – Oqiljon o‘g‘lim, sen tashqariga chiqib tur-chi!

Oqil qovog‘ini uyganicha «xo‘p», dedi. Chiqayotganida ayolning qo‘lidagi bola «atta!» deb unga osildi...

Direktor Oqilning bir necha kundan beri maktabga kelmayotgani, bugun darsdan keyin uyidan toptirib chaqirtirgani va nihoyat, bolaning oxirgi gaplarini aytib berdi. Ayol ko‘ylagining yengi bilan ko‘z yoshlarini artib, piq-piq yig‘ladi. Keyin «Voy, gapirmaygina men o‘layin», dedi-da, tashqariga chiqib Oqilni olib kirdi.

– Voy, gapirmaygina men o‘layin, bolajonim. Men seni katta bo‘lib qolganingni aytib erkalatmoqchiydim-a! Sen o‘qib olim bo‘lsang, ukang ham izingdan boradi, deb doim duo qilaman-ku? Gapga no‘noq onangni kechir, bolajonim... – Ayol shu gaplarni takror-takror aytib, Oqilni quchoqlab olganicha yuz-ko‘zlaridan o‘paverdi...

Oqilning qo‘lidagi ukasi bu holatdan ajablanib hayron bo‘lib turdi. Avvaliga sal qo‘rqdi ham. Keyin bir akasini, bir onasini o‘pa ketdi...

Tohir Malik

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 183
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 451
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 404
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 727
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 436
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233529
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113073
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66615
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55925
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50321
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39294
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38777
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37927
“Avesto”

//