Battol(lik)


Saqlash
16:03 / 30.03.2023 0 1067

Battol(lik) (arabcha bekorchi, ishsiz, yomon) – yovuz, berahm, vahshiy; razil, yaramas; ozinikini togri deb turib oladigan, togri yol-yoriqqa yurmaydigan, nihoyatda ojar, qaysar odamga va xususiyatga nisbatan ishlatiladigan tushunchalar.

Battol(lik) johillik negizida paydo bo‘ladi. Zero, johil, ilm-ma’rifatdan yiroq, ma’naviyatsiz kishi ezgulik va yovuzlik, odamiylik va vahshiylik, haqni nohaqdan farqlamaydi, faqat o‘zim haqman, deb hisoblaydi va o‘zgalarning fikriga quloq tutmaydi. Ayni shunday kishilar kishilik jamiyatida battol(lik)ning kuchayishiga sababchi bo‘ladi.

 

Kaykovus odamlarni to‘rt navga bo‘ladi: "Biri ulkim, bilur va bilg‘onin ham bilur. Ul olimdur, unga tobe bo‘lmoq kerakdur. Biri uldirkim, bilmas va bilmag‘onin bilur, ul qobildur, unga o‘rgatmoq kerak. Biri uldirkim, bilur va bilg‘onin bilmas, ul uyqudadir, uni bedor qilmoq kerakdur. Biri uldirkim, bilmas va bilmag‘onin ham bilmas, ul johildur, undin qochmoq kerak". Battol(lik)ni to‘rtinchi – "bilmas va bilmag‘onin bilmas"larga taalluqli deyish mumkin. Zero, battol(lik)ga xos o‘taketgan o‘jarlik, qaysarlik, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqqa ko‘nmaslik kabi xususiyatlar johillik va uni anglamaslikdan kelib chiqadi. Abdulla Avloniy nazarida, bunday kishilar "jahli murakkab" maraziga mubtalo bo‘lgan, ular bir narsani bilmas, bilmaganini ham bilmasdan bilaman, deb da’vo qiladi. "Bizda munday kishilarga "o‘zboshimcha" va "o‘zibilarmon" ismini berurlar". Xalqimiz orasida o‘taketgan o‘jar kishilar "battol" deb atalgan. Masalan, "...O‘jar bo‘lganda ham borib turganisan. Bekorga "battol" deb laqab qo‘yishgan emas" (B.Rahmonov. Yurak sirlari). Tarixda ne-ne jinoyatlar, yovuzlik va vahshiy ishlar ayni battol(lik) oqibatida sodir etilgan. Jumladan, "Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi... battol Homid ekan" (Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar).

 

 

 

Italiyalik shoir Dante Aligyeri "Ilohiy komediya" dostonida do‘zaxda azob chekayotgan gunohkorlar haqida hikoya qilarkan, zo‘ravon va battol(lik)ni o‘zlari to‘kkan qonlari ichida botib yotgan holda tasvirlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 275
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 258
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 612
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 357
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 534
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233033
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112790
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65463
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55306
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49668
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39133
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38239
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37037
“Avesto”

//