Ramazon


Saqlash
16:03 / 29.03.2023 0 1129

Ramazon (arabcha ramiz(d)a – qiyinchilikni yengish) –

 

1) hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi, Alloh Muhammadga (s.a.v.) Qur’onni vahiy qilib, Jabroil (a.s.) orqali nozil etgan;

2) Ramazon oyida bolalar eshikma-eshik, uyma-uy yurib shu nomda she’rlar to‘qib, aytadilar;

3) Ramazon oyida tug‘ilgan erkaklar ismi.

 

Shuning uchun bu oy muqaddas oy hisoblanib, bir oy davomida ro‘za tutish buyurilgan. Ramazon oyida musulmon xalqlari ma’naviyatiga ko‘ra, xalq, millat, shaxslar orasidagi har qanday nizo, kelishmovchiliklar, urush-janjallar to‘xtatilgan. Kishilar orasida avvaldan mavjud qarama-qarshiliklar Ramazon oyida yarashuv bilan barham topishi savobli ish ekani islomda keng talqin etiladi. Bundan tashqari, Ramazon oyida tutiladigan ro‘za insonga ham jismoniy, ham ma’naviy foydaliligi masalasiga dinda katta ahamiyat qaratiladi. Ro‘za (forscha kunduzgi ish, savm, biror narsadan o‘zini tiyish) – islom dinida farz bo‘lgan uchinchi rukn bo‘lib, har yili Ramazon oyida bir oy davomida erta sahardan shomgacha hech qanday ovqat yemaslik, ichmaslik, cho‘milmaslik, chekmaslik, jinsiy aloqa qilmaslik talab etiladi. Shuningdek, ro‘za tutmaslik bemorlarga, homilador va emizikli farzandi bor ayollarga, safarda yurganlarga keyin qazosini ado etish evaziga ruxsat berilgan.

 

Ro‘za davomida inson jismoniy illatlardan tozalanish bilan birga, ma’naviy jihatdan poklanishga erishishi, axloqsiz munosabatlardan tiyilishi lozimligi ilohiy talablar sifatida talqin qilinadi. Shu kabi jihatlariga ko‘ra, ro‘za ma’naviyatga o‘z hissasini qo‘shuvchi diniy urf-odatlardan hisoblanadi. Ro‘zaning farz, vojib, nafl, makruh turlari mavjud. O‘zbekistonda Ramazon oyining so‘nggi kuni – Ramazon hayiti bayram sifatida nishonlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 232
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 233
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 593
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 350
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 523
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232957
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112728
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65349
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55193
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49547
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39100
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38201
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36862
“Avesto”

//