Konstitutsiya


Saqlash
15:03 / 29.03.2023 0 1161

Konstitutsiya (lotincha constitutio – o‘rnatish, tuzilish) – davlatga, jamiyatga va insonga oid eng asosiy huquqiy munosabatlarni kompleks tartibga soladigan shu borada boshqa qonunlar uchun huquqiy poydevor vazifasini o‘taydigan, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, qat’iy tizimlashtirilgan mamlakat mustaqilligining kafolati bo‘lgan asosiy qonun. Konstitutsiya qabul qilish davlat qurilishining asosiy xususiyatlarini aniq belgilash imkonini yaratadi, huquqiy islohotlarni soddalashtiradi. Konstitutsiya huquqiy tartibga solishning eng asosiy va maqbul yuridik shaklidir.

 

Asosiy Qonun – mazmuni bo‘yicha “Konstitutsiya” tushunchasiga mos keladi. Ma’lumki, Konstitutsiya normalari boshqa barcha qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega yagona hujjat shaklida amal qiladi. Asosiy qonun – konstitutsiyaviy tuzumning qadriyatlari, institutlari va normalari rasman mustahkamlab qo‘yiladigan eng oliy huquqiy hujjat. U inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklari e’lon qilinadigan, kafolatlanadigan, shuningdek, ijtimoiy tuzum asoslari, boshqaruv shakli va ma’muriy-hududiy tuzilishi, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari tuzilishining asoslari, ularning vakolatlari, o‘zaro munosabatlari, davlat ramzlari hamda poytaxti belgilab qo‘yiladigan yozma huquqiy hujjat hamdir.

 

Mamlakatimizda 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tasdiqlangan va hayotga joriy etilgan Konstitusiya amal qilmoqda. U davlatimizning asosiy qonuni bo‘lib, muqaddima, oltita bo‘lim, yigirma oltita bob va 128 ta moddadan iborat, oliy yuridik kuchga ega, bevosita amal qiladi va O‘zbekistonning barcha hududlarida bir xilda qo‘llanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 352
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 587
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 528
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 866
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 565
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233891
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113285
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67634
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56471
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50893
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39412
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39204
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38661
“Avesto”

//