Korrupsiya


Saqlash
16:03 / 28.03.2023 0 1172

Korrupsiya – uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy boylik orttirish, davlat mulkini taqsimlash jarayonida uning bir qismiga, mamlakat iqtisodiy resurslariga ega bo‘lish maqsadida urug‘-aymoqchilik manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadigan davlat xizmati amaldorlar jinoyat sodir etilishini anglatadigan tushuncha. Korrupsiya lotincha so‘z bo‘lib aynish, poraga sotilish ma’nosini anglatadi va mansabdor shaxsning boyish maqsadida o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni bevosita suiiste’mol qilishidan iborat jinoyat hisoblanadi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.

 

Korrupsiya masalasi bilan BMT ham alohida shug‘ullanib, maxsus qarorlar qabul qilgan hamda bu tushunchaga quyidagicha ta’riflar berilgan:

 

1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-taroj qilish va o‘zlashtirish;

2) noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiiste’mol qilish;

3) ijtimoiy burch va shaxsiy ta’magirlik, manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat.

 

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi tahdid hisoblanadi va mamlakatda ijtimoiy larza, iqtisodiy tanglikning vujudga kelishiga sabab bo‘lib, aholining ma’naviy kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq korrupsiyaga qarshi kurashga faol kirishib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Farmonlarga binoan, ichki ishlar va prokuratura organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limlari tuzildi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashning eng muhim yo‘llaridan biri davlat boshqaruvi organlari rahbar xodimlari ma’naviyatini oshirish, ularni vatanparvarlik, mas’uliyatlilik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hisoblanadi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birgalikda harakat qilish lozim bo‘ladi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi BMTning korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilgan va bugun yurtimizda unga qarshi kurash bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 141
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 504
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 276
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 452
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 869
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232538
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112395
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64764
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54700
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49234
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38994
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37916
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36438
“Avesto”

//