Optimizm


Saqlash
17:03 / 27.03.2023 0 1357

Optimizm (lotincha optimus – eng yaxshi) – kechayotgan voqea-hodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama-qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo‘yish. Optimizm kechayotgan voqea yoki hodisaning porloq istiqboliga, ezgulikning qabohat, yaxshilikning yomonlik, adolatning adolatsizlik, yorug‘likning qorong‘ulik, hurlikning zulm ustidan albatta g‘alaba qilishiga kuchli ishonishdir.

 

Falsafa tarixida optimistik qarashlarni bilim sohiblari turlicha ifodalab, targ‘ib qilib kelganlar. Bunga o‘rta asr Sharq va Yevropa Uyg‘onish davri insonparvarlik g‘oyalari vakillari, XVIII asr fransiya ma’rifatparvarlari ilgari surgan ta’limotlar, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan Furqat, Ahmad Donish, Muqimiy, Avaz O‘tar kabi ma’rifatparvar vatandoshlarimiz faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Ularning qarashlari optimistik ruh bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, istiqbolli kelajakka faqat inson aqlining ezgu ishlarga qodir ishonchi orqaligina erishish mumkin, degan g‘oya ifodalangan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ular xalq ommasini hayotni sevishga, inson aql-idrokini qadrlashga, ilm-ma’rifatni egallashga chorlagan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida optimistik qarashlar va ularning yo‘nalishlari davr taqozosi hamda talabiga ko‘ra turlicha ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Jumladan, diniy optimizm, xayoliy optimizm, abstrakt optimizm, jamiyat taraqqiyotining ehtiyojiga ko‘ra siyosiy optimizm, bugungi kunda O‘zbekistonga xos bo‘lgan mustaqillik optimizmi shular jumlasidan bo‘lib, ularni umumlashtirgan holda ijtimoiy optimizm deb ifodalash mumkin. Ijtimoiy optimizm kishilarning mavjud tarixiy jarayonning ayni vaziyatida zaruriy rivojlanish qonuniyatlari talablariga mos keladigan, jamiyatning ijtimoiy ongini ifodalovchi xohish-irodaga ega bo‘lgan aksariyat a’zolarning ma’rifatparvar, insonparvar qarashlarini namoyon etuvchi qismining yorqin kelajakka umid-ishonchini, umumiy maqsadlari, qarashlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida ijobiy yaratuvchilik harakatiga chorlovchi, yetaklovchi his-tuyg‘ulardir.

 

Har qanday tarixiy jarayonning asosiy belgilaridan biri, shuningdek, uning mintaqaviy va milliy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan optimizm ijtimoiy ong mulki sifatida, har bir shaxsga o‘zining shu jamiyatga, shu milliy muhitga, mavjud ijtimoiy siyosat va iqtisodiyotga mansubligini anglab yetishga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun u faqat tabiiy-biologik asosga ega bo‘lgan instinkt sifatida emas, balki ijtimoiy voqelik sifatida shakllanadi va faoliyat ko‘rsatadi. Shu bois, ommaviy kundalik ong ilgari surilgan yangi realistik, optimistik g‘oya va mafkuraviy hissiyotlar bilan boyib boradi. Xayoliy optimizm – amalga oshishi mumkin bo‘lmagan besamar orzu, o‘y-xayol, intilishdir (masalan, alximiklar faoliyati, shirakayf ko‘knori xayollari). Diniy optimizm esa bu dunyoning bevafoligi to‘g‘risida pessimistik fikrlash bilan birga, faqat narigi dunyo boqiy ekaniga kishilarni ishontiradi va u dunyo rohati, jannati umidi bilan foniy dunyoda hayot kechirishga undaydi. Real optimizm muayyan ijtimoiy taraqqiyotning kishilar farovonligi yo‘lida oldiga qo‘ygan maqsad-murodining amaliy ijobati. Masalan, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lida olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarning bugungi kundagi ijobiy natijalari buning yorqin ifodasidir.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston xalqlarining hayotbaxsh kayfiyatining asosida mustaqillik optimizmi yotadi va bu tuyg‘u inson hayoti farovonligi uchun zarur bo‘lgan barcha jabhalarda yuz berayotgan islohotlarning ijobiy natijalarida, ular amaliyotining ko‘lami va fuqarolarning milliy o‘zligini erkin namoyon etish imkoniyatlarining mavjudligida ko‘rinmoqda, ifoda etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 121
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 367
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 130
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 217
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 529
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 947
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218726
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104467
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34038
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27305
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26482
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25046
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24828
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21681
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//