Mentalitet


Saqlash
16:03 / 25.03.2023 0 6358

Mentalitet (lotincha mens – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvatini ifoda etuvchi tushuncha.

 

Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos milliy an’analari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod va qarashlarini ham qamrab oladi. Jamiyatning, millatning, ma’lum bir jamiyatning yoki shaxsning mentalitetini o‘rganish unga jiddiy yondashishni talab qiladi. Buning uchun juda ko‘p omillar: ushbu millat yashab turgan shart-sharoit, tarixiy davr, uning o‘tmishi, millatning ruhiyati va boshqa bir qator jihatlar inobatga olinishi, boshqa millatlar bilan qiyosiy tahlil etilishi lozim. O‘zbek millati mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Asrlar davomida o‘zbek xalqi muhim savdo-sotiq, ilm-fan, me’morchilik, hunarmandchilik markazlari, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan bog‘lab turgan yo‘llar chorrahasida yashagani sababli, uning mentaliteti taraqqiy etib borgan. Olamni idrok etishning ijtimoiy-madaniy va etnik jihatlari mentalitetni shakllantiradi va unda sayqal topadi.

 

Dunyoning turli chekkasida istiqomat qiluvchi kishilar uchun turlicha mentalitet xosdir. Uni fikrlash, his etish va ishonishning chuqur manbai sifatida tushunish mumkin. Mentalitet tilda, an’analarda, odatlarda, ongning o‘z-o‘zini boshqarishida namoyon bo‘ladi va shu ma’noda u ijtimoiy ongning individual ongdan yuqori darajasi hisoblanib, ko‘pincha muayyan individ tomonidan idrok etilmaydi va tahlil qilinmaydi, lekin uning irodasidan xoli tarzda xulq-atvorida va iboralarida o‘z aksini topadi. Mentalitet darajasida o‘tmish madaniyati o‘z sirlarini go‘yo "oshkor etadi". Til mentaliteti olamni til orqali tasavvur etish usuli. Oddiy kishilar va oliy zotlar mentaliteti sho‘rolar tizimi davridagi va undan oldingi mentalitet avtoritar, qishloq xo‘jalik xodimi va byurokrat mentaliteti haqida gapirish mumkin.

 

Har bir millatning mentaliteti turfa xil va o‘ziga xosdir. Bu hol o‘z etnik mansubligini idrok etishga yordam beradi, ijtimoiy hamda axloqiy tajriba milliy shakllarining avloddan avlodga o‘tishida vosita vazifasini o‘taydi. Mentalitet ma’lum darajada muayyan mamlakat, siyosiy hayot, etnik va madaniy an’analar, ijtimoiy aloqalarga bog‘liqdir. Mentalitet nisbatan muqim, barqaror hodisa bo‘lsada, ommaviy ongda iqtisodiyot va ruhiyatdagi muloqot, siljishlar va hokimiyat shakliga bog‘liq holda mentalitetda o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Mentalitet ildizlari qanchalik chuqur ekani ayniqsa folklor madaniyatida namoyon bo‘ladi. Mentalitet ijtimoiy tarixning ajralmas jihati sifatida kishilarning tushuncha va tasavvurlari orqali ifodalanadi. Bu tushuncha va tasavvurlar esa til, ijtimoiy munosabat, din, madaniyat orqali kishilar ongiga singdiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 22
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 169
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 82
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 218
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 182
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235969
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114870
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57752
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52113
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40973
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39854
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39796
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//