Genotsid


Saqlash
21:03 / 17.03.2023 0 1650

Genotsid (yunoncha geos – nasl-nasab va lotincha caedere – o‘ldirish, yo‘q qilish) – odam zoti va insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyatlardan birini anglatuvchi tushuncha. Aholining ayrim guruhlarini irqi, millati, etnik yoki diniy belgilariga qarab yo‘q qilish, ularni qasddan butkul yoki qisman qirib tashlashni ko‘zda tutadigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, shuningdek, bolalar tug‘ilishini cheklashga qaratilgan choralar. Genotsid atamasi 1943 yilda asli kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan polshalik yurist Rafael Lemkin tomonidan kiritilgan bo‘lib, 1948 yilda xalqaro huquq maqomini olgan. 1948 yildan e’tiboran genotsid BMT tomonidan xalqaro jinoyat sifatida tan olingan. Genotsidni sodir etish va unga jazo qo‘llash bo‘yicha Konvensiyada u inson hayotiga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyat sifatida baholangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida ham tinchlik, inson xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qayd etilgan.

 

Genotsid XVIII-XIX asrlarda ayrim Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Masalan, yevropaliklar Tasmaniya oroli aholisini qirg‘in qilganlar, oxirgi tasmaniyalik 1843 yilda otib o‘ldirilgan. Genotsid aparteidga xos bo‘lgan ayrim xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. “Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolar to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiyasiga binoan (1948) genotsidni sodir etishga aybdor deb topilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. XX asrda usmoniylar tomonidan armanlarni o‘ldirish va quvg‘in qilish; II jahon urushi davrida natsistlar Germaniyasi tomonidan yaxudiylarni qirib tashlash; xorvatiyalik Pavelich rejimi tomonidan serblarni ommaviy qirg‘in qilish; 1975-1979 yillarda Kambodjada Pol Pot va Iyeng Sari jallodlari tomonidan 3 mln.dan ortiq kambodjaliklarni o‘ldirib tashlash; 1994 yilda Ruandada xutu qabilalari tomonidan 800 mingga yaqin tutsi qabilalarining qirg‘inbarot qilinishi genotsid jinoyatiga misol bo‘la oladi.

 

Sobiq mustabid tuzum davrida ham genotsid turli xalqlar va millatlarga qarshi amalga oshirilgan, ko‘plab ommaviy qatag‘on, qurbonlarga olib kelgan. Shuning uchun genotsid qanday shaklda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, dunyo jamoatchiligi tomonidan insoniyatga qarshi eng dahshatli jinoyat sifatida qoralanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 317
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 370
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 219
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 183
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226234
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108636
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56170
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41485
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40824
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32133
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31137
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30874
Alpomish

//