Apatiya


Saqlash
21:03 / 15.03.2023 0 3934

Apatiya (yunoncha apatheia – beparvolik) – insondagi emotsional passivlik, befarqlik, hissiy loqaydlik kabi kayfiyatni ifoda etadi.

 

Bunday holatda inson yon-atrofdagi voqea-hodisalarga e’tiborsiz bo‘ladi, hech narsaga qiziqish bildirmaydi, uning jismoniy, ruhiy va ma’naviy faolligi pasayadi. Apatiya uzoq vaqt davom etgan ruhiy buzilishlar tufayli yuzaga keladi va kechish muddatiga ko‘ra, uzoq yoki qisqa muddatli bo‘ladi. Apatiya holatini aqliy zaiflikda va hatto uzoq davom etgan muayyan kasallikning asorati sifatida ham kuzatish mumkin. Apatiyaning ilk bosqichlarida qiziqish, xohish va intilishning birmuncha susayishi, ishtiyoq va maylning pasayishi kuzatiladi. Keyingi bosqichlarda esa tevarak-atrofdagi voqealarga nisbatan befarqlik paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda apatiya holatidagi kishining mimikasi kamayadi, emotsiyalari sovuqlashadi, u hech qanday ko‘ngilochar ishlarni qilmaydi, hattoki oilasi, farzandlari, yaqinlariga ham loqayd bo‘lib qoladi.

Apatiyaning so‘nggi bosqichlarida esa to‘liq befarqlik hukmron bo‘ladi, bu holatdagi kishi, hattoki o‘z tashqi ko‘rinishi va ozodaligiga ham e’tibor bermaydi. Apatiya ma’naviy tushkunlik va ruhiy toliqish oqibati bo‘lishi ham mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 323
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 429
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 651
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235079
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114378
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68285
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57339
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51682
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40301
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39671
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39563
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//