Hayo


Saqlash
18:03 / 13.03.2023 0 1913

Bir mahallar qishlog‘imiz va yana uch qishloq bitta jamoa xo‘jaligiga qarardi. Raisimiz tilla odam edi. 

 

U to‘rt qishloqni gullatdi, ko‘chalarni asfalt qildirdi, kinoxona, kutubxona, ikkita maktab qurdirdi. Odamlar mingdan-ming rozi edi. 

 

Raisning uyi oddiy odamlar xonadoni bilan bir xil edi. Bir kuni ayoli: "Rais degan nomingiz bor, baland uy qursak" desa, "Odamlardan andisha qilaman" deb javob qilgan ekan. Rais bobo o‘tib ketganiga ancha bo‘ldi. Hozir g‘irt bekorchining ham uyi dang‘illama. 

 

Raisning farzandlari toparman-tutarman. Lekin uyni ta’mirlashmaydi. Mung‘ayib qolgan uy bizga halol, pokiza, sodda va do‘lvor raisimizni eslatadi. 

 

Yaqinda shu raisning o‘g‘lidan so‘radim: "Nega uyni yangilamaysizlar?" U javob berdi: "Otam ruxsat bermagan. O‘lganimdan keyin ham uyni yangilamanglar, odamlar rais rosa boylik yig‘ib yashirgan ekan-da, deb gapirib yurmasin. Go‘rimda tinch yotay degan edi".

 

O‘z odamlari bilan bir tanu-bir jon bo‘lib yashaydigan, ulardan andisha qiladigan rahbarlar o‘lmaydi, degan fikrga keldim.

 

Maqsud JONIXONOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 444
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 648
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230228
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111083
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 62100
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 51408
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46984
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38047
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36108
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33033
Kompetentlik

//