Dogmatizm


Saqlash
16:03 / 13.03.2023 0 2693

Dogmatizm, aqidaparastlik (yunoncha dogma – fikr, ta’limot) – biror bir fikr, ta’limotga, muayyan oqim tarafdorlariga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish, eskirgan, qotib qolgan bir tomonlama nazariya va qonun-qoidalarga, aqidalarga asoslangan tafakkur tarzini ifoda etadi.

 

Muayyan aqidani ko‘r-ko‘rona qabul qilish va unga ishonish dogmatizm tarafdorlarining asosiy tamoyilidir. Ular amaliyot, ilm-fan yutuqlari natijasida haqiqat tobora oydinlashib, muayyanlashib borishini his qilmaydi. Ularning nazarida, tushunchalar, nazariyalar, gipotezalar, qonunlar o‘zgarmasdir. Agar biz bilishning biror bir tomonini mutlaqlashtirib, unga ortiqcha baho bersak, dogmatizm tomon yo‘l tutgan bo‘lamiz. Dogmatizmni yoqlovchilar o‘z falsafiy qarashlari bilan bilishning obyektivligini, haqiqat bilishning asosi ekanini hamda obyektiv olam to‘g‘risida bilimning rivojlanib, kengayib borishini inkor etadi. Bu bilan nisbiy haqiqatning rolini kamsitib, mutlaq haqiqatni bilishning birdan-bir bosqichi deb hisoblaydi.

Dogmatizmning xilma-xil shakllari mavjud: siyosiy, ilmiy, diniy va hokazo. Ular ijtimoiy hayotda ilm-fan, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, har qanday holatda ham muayyan g‘oyani mutlaqlashtirib, taraqqiyotga to‘siq bo‘lib qolaveradi. Masalan, ayrim diniy aqidaparastlarning insoniyat taraqqiyotining muayyan davrida paydo bo‘lib, yemirilib ketgan musulmon xalifaligini tiklashga urinishlari dogmatizmning eng ashaddiy ko‘rinishlaridan biridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 338
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 577
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 513
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 853
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 552
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233866
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113273
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67558
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56400
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50825
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39402
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39163
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38568
“Avesto”

//