Men va Sen


Saqlash
15:10 / 13.10.2021 0 1251

Bizni turmush qurganimizga o‘n besh yil to‘ldi. Men to‘yimiz bo‘lganiga bir yil ham to‘lishiga ulgurmay avtohalokatga uchradim. Bir qo‘lim va bir oyog‘im qattiq jarohat oldi. Sen oradan ikki yo‘l o‘tib menga pahlavon o‘g‘il tug‘ib berding. Majruh qo‘llarim, jonsiz oyoqlarim, shikasta ko‘nglimga qanchalar mador bo‘ldi bu quvonch. Men o‘g‘limiz endigina uch yoshga to‘lgan kezlarda yana qattiq betob bo‘ldim. O‘sha jarohatlarim oqibatimi, endi quloqlarim ham yaxshi eshitmay qolgandi. Sen ko‘zlaring bilan menga so‘zlarding. O‘tli nigohlaring, shirin tabassuming bilan meni tushkunlikka bosh egishimga yo‘l qo‘ymasding. Men ertadan kechgacha uyimiz yonidagi supada o‘tgan ketganga termulib o‘tiraverardim. Sen tunlarni tonglarga ulab do‘ppi tikarding, o‘quvchilarning daftarini tekshirar, yana darsga tayyorgarlik ko‘rarding. Subhidamda maktabga choparding. Seni ilk bor shu maktabda uchratgandim.

Onam guldek chehrang, chiroyli kulgichlaringni ko‘rib:

– Xolang topgan bu qiz senga so‘z berarmikin, – degandilar.

Chindan ham, Sen menga so‘z bermading. Balki, butun umringni, mehringni, mehnatingni hayotimga baxshida qilding.

Men o‘ylanib qolaman. Sening fidoiyligingga arziymanmi o‘zi? Sen men uchun qurbon bo‘lding. Men esa Senga shuncha yillar davomida aqalli bir dona gul tuta olmadim, o‘zimning oy yuzli farishtaginam...

Muxtasar QODIROVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 425
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 382
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 707
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 423
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 604
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233456
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113016
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66514
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55823
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50193
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39262
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38665
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37788
“Avesto”

//