Indira Gandi, Frida Kalo, Koko Shanel – o‘z hayoti bilan ilhomlantiruvchi 10 ayol


Saqlash
18:03 / 07.03.2023 0 741

 

1. Mariya Sklodovskaya-Kyuri

 

Mariya Nobel mukofotini olgan ilk ayol, ushbu mukofotni ikki bor olgan birinchi odam ham.

 

 

2. Koko Shanel

 

Bu go‘zal ayol yaratgan atirlar uning boshqa ishlari oldida arzimas bo‘lib tuyuladi. Ammo e’tirof etish shartmas, degani emas bu. Chunki Koko ayollar modasini yangiladi, zamonasining mashhur ayollarini kiyintirdi va gender stereotiplarini yo‘qqa chiqardi.

 

 

 

3. Aysedora Dunkan

 

Aysedoraning zamonaviy raqsi Gʻarb san’atini ostin-ustin qilib yubordi. U Nisshedan ilhomlanib “Kelajak raqsi” degan asar yozadi hatto. Raqqos bu bilan raqsni nafas kabi qabul qiluvchi “yangi odam” yaratishni istagan.

 

 

 

4. Sofya Kovalevskaya

 

Dunyodagi ilk matematik professor ayol Sofya Kovalevskayaning chekiga rus universitetlarida ayollarga o‘qish taqiqlangan davrda ulg‘ayish tushgandi. Ammo bilimga chanqoq qizni bu ham to‘xtatib qola olmaydi.  U o‘qishini chet elda davom ettirish uchun yolg‘on nikohga ham rozi bo‘ladi.

 

 

 

5. Indira Gandi

 

Indira Gandi Hindistonni kambag‘allik botqog‘idan chiqarib, katta mamlakatlar ham hisoblashadigan davlatga aylantiradi. Uning hukumronlik davrida banklar milliylashtirildi, sanoat katta tezlik bilan rivojlandi, xususan, og‘ir sanoat ham, mamlakatda ilk AES qurildi, qishloq xo‘jaligida “yashil inqilob” amalga oshirildi.

 

 

 

6. Anna Axmatova

 

Axmatova qattiq senzurada tutilgan, KGBning doimiy ta’qibida bo‘lgan va ko‘plab asarlari o‘limidan yigirma yil o‘tib e’lon qilingan, ammo tirikligidayoq klassik sifatida adabiyotda tan olingan, shunda ham o‘z so‘zi ustida ishlashdan to‘xtamagan.

 

 

 

7. Frida Kalo

 

Turmush o‘rtog‘i Diyego Rivera bilan birga Meksika san’atini dunyoga olib chiqadi. Rassomning kartinalari mahalliy folklor va yurak iztiroblari aralashmasi bo‘lib, xalqaro darajada e’tirof etiladi.

 

 

 

8. Valentina Tereshkova

 

Valentina – kosmosga chiqqan birinchi ayol. U buni yakka o‘zi amalga oshiradi.

 

 

 

9. Opra Uinfri

 

Teleboshlovchi, aktrisa, biznesvumen, ulkan xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi filantrop. Opra – XXI asrning eng omadli ayoli. Uning boyligi deyarli $3 milliardga baholanadi, bu esa uni Amerikaning davlatmand qora tanli odamiga aylantirgan.

 

 

 

10. Merilin Monro

 

Amerika kino aktrisasi, qo‘shiqchi va model. O‘tgan asrning 50-yillarida ayol go‘zalligi etaloni sifatida tan olinadi. U o‘ynagan 20 ta kino prokatda 200 mln AQSH dollari foyda keltirgan va haligacha sevib tomosha qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

16:55 / 17.03.2023 0 199
Genotsid

Bir kuni...

17:14 / 16.03.2023 0 111
Tavsiyanoma

Qomus

16:41 / 15.03.2023 0 159
Apatiya



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:36 / 07.12.2021 39 45395
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Qomus

11:57 / 29.12.2021 2 4846
Kompetentlik

Bilasizmi?

11:46 / 11.10.2021 1 3488
Kashtachilik san’ati tarixi haqida bilasizmi?

Hikmat

20:05 / 02.12.2021 0 3363
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

12:53 / 15.02.2022 0 2807
Bixeviorizm

Hikmat

10:22 / 21.10.2021 0 2598
Til – dil kaliti

Bilasizmi?

11:54 / 08.11.2021 0 2524
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya

Bilasizmi?

09:48 / 23.09.2021 0 2452
Do‘ppilarimiz haqida qiziqarli 5 ta fakt