Ksenofobiya


Saqlash
17:03 / 06.03.2023 0 7272

Ksenofobiya (yunoncha xenox – begona, chetdan kelgan, qo‘rquv) – ratsional qo‘rquv va begonalarga nafrat ma’nosini anglatadigan tushuncha. Ksenofobiyaning obyekti alohida guruh, ya’ni boshqa din, irq, qabila yoki millat vakillari, chet elliklar hamda barcha begonalardir. Zamonaviy sotsiologiya va sotsial psixologiyada ta’kidlab o‘tilgan holatlar yanada aniqroq atamalar bilan ifodalanadi, masalan, guruhlararo nizo, etnosentrizm, etnik stereotiplar va sotsial sabrsizlik va shu kabilar. Boshqa sotsial-psixologik ko‘rinishlar kabi ksenofobiyaning o‘zagi ham umumiy hamda individual ongga borib taqaladi.

 

Odamlar doimo hayotiy hodisalarni urf-odatlar va umuman, ijtimoiy voqelikni o‘z guruhlarining qadr-qimmatiga ko‘ra o‘lchashga moyil bo‘lishadi. Bunday tavsifda etalon, namuna iboralari yetakchi o‘ringa chiqadi va baholanayotgan hodisalar “bizlarniki” va “begonalarniki” degan ikki katta turkumga ajratiladi. Bunday baholanish oqibatida asosan, o‘zimizniki “ularniki”ga (begonalarnikiga) qaraganda yaxshiroq, degan xulosaga boriladi. Ibtidoiy jamoa davrida begonalarga shubha, nafrat ko‘zi bilan qarash o‘z qabilasining birligini shakllantirish, uni qo‘llab-quvvatlashda zarur sharoit bo‘lib xizmat qilgan. Hayotimiz va madaniyatimiz globallashib, millatlararo munosabatlar rivojlanib borayotganiga qaramay ksenofobiya hozirgi zamonda salbiy kuch sifatida saqlanib qolmoqda. Bunday salbiy holatlar ko‘p sonli konfessional, irqiy va etnomadaniy muammolarda, turli kuch ishlatish harakatlarida namoyon bo‘ladi.

 

Ksenofobiya, bir tomondan traybolizm, ya’ni o‘zining o‘zaklarini har qanday yo‘l bilan saqlab qolish xususiyati bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa spetsifik ideologiya yordamida kuchlilar sinfi tomonidan, “begona”lar, ya’ni sotsial jihatdan kuchsizlarni ezish vazifasini bajaradi. Ksenofobiya ratsizm yoki antisemitizm, fashizm va milliy ekstrimizmning bir ko‘rinishidir. Ksenofobiya xavfli sotsial-psixologik ko‘rinish bo‘lib, u jabrlanuvchilarga ham, ksenofobiyani namoyon etuvchilarga ham jiddiy zarar yetkazadi va jamiyatdagi moʻtadil insoniy munosabatlarni buzadi. Ksenofobiyani bartaraf etishda OAVlarining roli beqiyosdir. Ksenofobiyani yengish uchun, yoshlik chog‘idanoq bolani tolerantlik ruhida tarbiyalash talab etiladi. Tolerantlik esa, o‘z navbatida, o‘ziga nisbatan tanqidiy va boshqaga nisbatan sabrli bo‘lishni anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 179
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 278
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 497
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234336
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113536
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68096
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57139
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51534
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40043
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39587
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39469
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//