Kashtachilik san’ati tarixi haqida bilasizmi?


Saqlash
16:10 / 11.10.2021 1 17671

 

1)   O`zbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo`llaniladi.

 

2)   Kashtachiligimiz san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana, zardevor, gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek Respublikamizning Farg`ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san'at muzeylarida ko`p namunalari to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.

3)   Kashtado‘zlik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta bo‘lgan. XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. XII asrga mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona sanʼatining taʼsiri ko‘zga tashlanadi. Xitoyda XIV asrdan "syuxua" (ignali tasvir) nomi bilan mashhur bo‘lgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.

4)   Yevropada Kashtado‘zlik Uyg’onish davrida yuqori pog’onaga ko‘tarildi. Davrning buyuk rassomlari (Perujino, Bottichelli) kabilar kashtado‘zlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtado‘zlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. XVIII asr da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtado‘zlik buyumlari keng tarqalgan.

5)   XIV-XV asrlarga oid kitoblardagi miniatyuralar Kashtado‘zlikning qadimdan keng rivojlanganini ko‘rsatadi. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o‘z esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod "Zafarnoma" qo‘lyozmasiga ishlagan "Temur taxtda" miniatyurasida (1467) kashtali chodirni ham aks ettirgan.

6)   Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi o‘zbek kashtado‘zlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Masalan Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtado‘zlik mahsulotlari ko‘proq yo‘rma chok bilan, Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa ko‘proq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar Kashtado‘zlik anʼanalariga, mahsulotning turlariga taʼsir ko‘rsatgan.

               

1 Izoh

Dilka

12:01 / 01.01.1970

Manga yoqdi katta raxmat

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1262
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 243
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 258
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 199
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 216
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223193
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106769
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48843
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37039
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35444
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29647
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28557
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28486
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//