Ilm-fan
Abul Gʻozixonning “Shajarayi turk” asari yangi nusxasi topildi. Bu haqda Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Hilola Nazirova oyina.uz portaliga maʼlum qildi.
“Shajarayi turk”da Xorazmning XVI–XVII asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy hayoti bayon etilgan. Markaziy Osiyo tarixining yevropacha tasavvuri aynan shu asar orqali shakllangan va tadqiqotchilarga ikki asrdan ziyod asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.
Dunyo boʻylab kataloglarda asarning 22 ta qoʻlyozmasi qayd qilingan, shulardan 5 tasi OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Yaqinda esa “Shajariyi turk”ning yana bir toʻliq matnli nusxasi topildi. Manbashunoslikda “Gurlan nusxasi” nomi bilan qayd etilib, ilmiy muomalaga kiritiladi. Qoʻlyozma kolofonida 1317 hijriy yili (1899-1900) koʻchirilgani yozilgan.
– “Oʻzbekiston tarixi” telekanalidagi “Javohir” koʻrsatuvida Abul Gʻozixon asari xususida mulohazalarimizni bildirgan edik. Koʻrsatuvni koʻrgan gurlanlik Matyusuf Salimov “Shajarayi turk”ning sanoqli nusxalari saqlanib qolganidan hayratlanadi (mamlakatimizda yuzlab nusxalari boʻlsa kerak, deb oʻylab yurar ekan) va ota-bobolaridan meros qoʻlyozma noyob manba boʻlishi mumkinligini anglaydi. U kishi biz bilan telefon orqali bogʻlangach, tezda Gurlanga yetib bordik. Safarda bizga hamrohlik qilgan, yaqindan koʻmak bergan Dildora Roʻzmetova, Ozod Saidovga alohida tashakkur bildiramiz, – deydi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Hilola Nazirova.
“Shajarayi turk” asarining Gurlan nusxasi matni toʻliq, chiroyli nastaliq xatida koʻchirilgan. Matn atrofi qizil rangli hoshiya chizigʻi bilan oʻralgan. Qoʻlyozma manbaning tadqiqi endi boshlandi. Olima ilmiy izlanish natijalarini yaqin orada jamoatchilikka batafsil yetkazilishini maʼlum qilgan. Oʻz navbatida, mazkur qimmatli topildiqni taqdim qilgani uchun qoʻlyozma egasi, gurlanlik Matyusuf Salimovga chuqur minnatdorlik bildiradi.
Toʻliq maqola bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q