Siyosat
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshirilishi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, endi Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Shuningdek, mutasaddilarga “Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish topshirildi.
Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi belgilandi. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112203
Jamiyat
94881
Jamiyat
90966
Jamiyat
75747
Jamiyat
//
Izoh yo‘q