Siyosat
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, o‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etilgan.
Shuningdek, tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q