Prezident Sergelidagi buzilgan ko‘prik voqeasi bo‘yicha mas’ullarni tanqid qildi

Saqlash
14:39 / 13.03.2026 54 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish mavzusidagi yig‘ilishda Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanalidan o‘tgan ko‘prik voqeasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ayrim hokimlar va vazirlar murojaatlar borasida keskin o‘zgarish qilmagan.

 

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

 

“Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan”, dedi Prezident.

 

Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//