Jamiyat
Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Mahalla” telekanalidagi “Xushvaqt” koʻrsatuvida xonanda Sanjayning “Karvon” sheʼri matnidan noqonuniy foydalangani yuzasidan munosabat bildirdi.
– U menga telefon qilib, Checheniston sanʼat arbobi falonchiman, “Karvon” qoʻshigʻini aytmoqchiman, dedi. Shu yoshga kirib, unvonini aytib qoʻngʻiroq qilgan odamni birinchi koʻrishim. Men “Sherali akaning xizmati bilan u mumtoz qoʻshiqqa aylanib boʻlgan. Yaxshi boʻlmaydi birovning bogʻiga tushish. Siz yaxshisi keling, shu ohang kerak boʻlsa, men boshqa (sheʼr) yozib berarman”, deganman. U yoʻq, shuni aytaman, deb turib oldi. Qanaqa aytasiz, desam, Olma otaga ketyapman, siz bilan keyin uchrashaman, dedi.
Shoirning aytishicha, shundan keyin qoʻshiqni Samarqanddagi toʻyda tasodifan eshitib qolgan.
– Agar shu qoʻshiqni eshitib, lazzatlanadigan odamlar boʻlsa, ularning didi buzilgan. U (Sanjay)ning “Sherali Joʻrayev ustidan gʻalaba qildim”, degan gapini eshitib, hayron qoldim. Sherali Joʻrayevni hurmat qilolmagan odam oʻzbek sanʼatida boʻlishi mumkinmi? Agar men qoʻshiqchi boʻlganimda, Sherali aka “mana bu qoʻshigʻing boʻlmabdi”, desa, yirtib tashlardim. Bu odam esa sudlashib yuribdi.
Usmon Azimning maʼlum qilishicha, xonandani o'zi emas, mualliflik huquqini himoya qilish agentligi sudga bergan.
– Mualliflarni himoya qilish idorasiga aʼzoman, sudga men emas, ular bergan. Sud boshlangach, u (Sanjay) menga telefon qilib, kelishaylik dedi. Endi kelishib boʻlmaydi, deb javob berdim. Bu qoʻshiqni Usmon Azim yozmagan, deyishdi uyatsizlarcha. Kitoblarni koʻrsatsak, sizlar kitobga bostirib olib kelavergansizlarda, degan gaplargacha aytishdi. Isteʼdodsizlikka qoʻshilgan surbetlik bu juda yomon narsa. U pul mening obroʻyimni tushirgani uchun hukm qilingan. Tangada toʻlayman debdi, mayli, toʻlasin. Lekin u toʻlamaydi, umr boʻyi qochib yuradi. Mabodo toʻlasa, u pul menikimas, Xudo bergan pul, Xudoning yoʻliga ketadi», degan xalq shoiri.
Eslatib oʻtamiz, xonanda Sanjay “Karvon” sheʼri matnidan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning roziligisiz, noqonuniy foydalangani uchun muallifga 54 mln soʻm tovon puli va 40 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻlashi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q