Jamiyat
Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi Ruslan Qidiraliyev 8-aprel kuni armiya safiga kuzatib qoʻyilib, ikki oydan keyin uyiga tobutda qaytgani xabar berilgandi. Harbiy prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Keltirilishicha, Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan marhum harbiy xizmatchi R. Kidiraliyevning oʻlimi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari yakunlangan.
Unga koʻra, 2022-yil 27-iyun kuni Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi ustidan Oʻzbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat oʻrnatilgan.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111649
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q