Madaniyat
Isteʼdodli rejissyor Shokir Xoliqovning “Qiz va bulut” animatsion filmi ikkita xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi. Film 17 ta davlatdan 360 dan ortiq ish taqdim etilgan “Kinokavkaz-2022”da “Eng yaxshi animatsion film” deb topildi.
Shuningdek, “Qiz va bulut” “Peterhof film festival -2022”da talabalar tomonidan olingan kartinalar nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi. Maʼlumot oʻrnida “Peterhof” har yili oʻtkaziladigan xalqaro kinofestival boʻlib, uning doirasida eng yaxshi jahon kinolari namoyish etiladi.
Ushbu animatsion film avvalroq Yaponiyada oʻtkazilgan DigiCon6 Asia animatsion filmlar festivalida “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlarini qoʻlga kiritgan edi.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval “48 Hour film race” festivalida Shokir Xoliqovning «Messi” qisqa metrajli filmi ham bir vaqtning oʻzida ikki mukofotga loyiq koʻrilgan, “Salem Short” pitching kinotanlovida esa “Oyoq” (Noga) nomli ssenariysi gʻolib boʻlgan edi.
Shuningdek, uning “Choy” nomli qisqa metrajli filmi Kann xalqaro kinofestivalida gʻolib boʻlgan, 2019-yil Gonkongdagi kinofestivalda Gran-Prini qoʻlga kiritgandi. Shundan soʻng Shokir Xoliqovga 2020-yil “Oʻzbekkino” (hozirgi Kinematografiya agentligi) tomonidan yangi film olish uchun 1 mlrd. soʻmlik sertifikat berilgan. Lekin rejissyor ushbu sertifikatdan hanuz foydalana olgani yoʻq.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q