Jamiyat
Bosh prokuratura xabar qilishicha, jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat 1995-yilda tugʻilgan, Izboskan tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ayolning nomida boʻlgan uyda 2022-yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (oʻgʻli 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.
Ayol koʻrsatuvida, xolavachchasi sabab oilasi buzilib ketgani uchun yuklarini oʻz uyiga olib kelmoqchi boʻlganida, xolavachchasi bunga qarshilik qilgani, unga uyni boʻshatib qoʻyish haqida qoʻygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.
Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uning uyda yoʻqligidan foydalanib hamda buvisi koʻz koʻrish va qulogʻi eshitish qobiliyati pastligini bilgan holda 16-iyun kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan oʻldirib, jasadlarini uyni ayvon qismidagi polni tagidagi yertoʻlaga yashirgan.
Hozirda gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan, deyiladi rasmiy xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q