Jahon
9–11-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida XIV “Turkiy xalqlar sheʼriyat festivali” boʻlib oʻtdi. Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, Gretsiya, Ruminiya, Iroq, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston kabi 20 mamlakatdan kelgan turkiy tilli ijodkorlar ishtirok etishdi.
75 nafar ijodkor orasida yurtimiz nomidan qatnashgan yagona shoir – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur festivalning uch oliy mukofotidan biri – Baxtiyor Vahobzoda nomidagi mukofotga sazovor boʻldi. Shuningdek, Ziyo Posho mukofoti Ramiz Hamzayev (Ozarboyjon) va Sezai Karakoʻch mukofoti esa Sagʻin Akmatbekova (Qirgʻiziston)ga topshirildi.
Turkiy xalqlar sheʼriyat festivali 1992-yildan buyon har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinadi. Shu vaqtga qadar Fransiya, Turkiya, Makedoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tatariston, Qirimda tashkil etilgan.
Eslatib oʻtamiz: 2023-yili Istanbulda oʻtkaziladigan “Turk dunyosi hikoyalar festivali” oʻzbek adabiyotiga bagʻishlanishi eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q