Jamiyat
Xonanda Sanjay “Karvon” sheʼri matnidan Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning roziligisiz, noqonuniy foydalangani uchun muallifga 54 mln soʻm tovon puli va 40 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻlashi haqida xabar berilgan edi.
Kuni kecha Sanjay Instagram tarmogʻidagi sahifasida jonli efir qilib, shoir Usmon Azimga beriladigan 100 mln soʻmni tanga shaklida berishini maʼlum qildi. U efir vaqtida shoir pulini soʻrayotganini, ayni vaqtda 4,5 millionlik tanga yigʻilganini maʼlum qilgan. “1.5 tonna boʻlarkan 100 million, hammasini tanga shaklida yetkazib beramiz”, degan u.
Ushbu tarmoqdagi aksariyat yurtdoshlarimiz xonandaning bu ishini yoqlab, Sanjayga yordam berishlarini aytib izoh qoldirishgan. Izohlar orasida xalq shoirining shaxsiga qaratilgan haqoratlar ham uchraydi. Ammo ushbu video фейсбук ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari orasida keskin tanqidga uchramoqda. Maʼlumki, фейсбук ижтимоий тармоғи jamiyatning faol qatlami, ziyolilar, jurnalist va blogerlarning minbariga aylangani bilan boshqa tarmoqlardan ajralib turadi.
Ushbu ikki farq ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, Instagram va Tik-tokda kitobxonlikni, kitoblarni, xalq shoir va yozuvchilarini yanada kengroq targʻib qilish ishlariga katta ehtiyoj borligini koʻrsatib bergani aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q