Ilm-fan
Prezidentning «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan tanlab olinishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, farmonga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
– maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikasion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi;
– o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning menejment sohasi bo‘yicha bilimi va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejerlik sertifikati beriladi;
– maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Suxrob
12:01 / 01.01.1970
Qanday tartibda hujjat topshiriladi
Xulkar
12:01 / 01.01.1970
Kursda oʻqish uchun qayerga murojaat qilaman?Iltimos,yordam bering.
Xulkar
12:01 / 01.01.1970
Menham shu kursda oʻqimoqchiman.
Sanjar Safarov
12:01 / 01.01.1970
Bu kursga hujjatlarni qay tartibda va qaysi saytdan kirib topshiramiz, o'qish jarayoni qanday tashmillashtiriladi?
Akmal
12:01 / 01.01.1970
Menejerlik sertifikat olish uchun o'qishga qanday yozilsak bo'ladi kimga murajat qilaman