Maktab direktori lavozimiga menejerlik sertifikati talab qilinadi

Saqlash
14:50 / 13.05.2022 5392 5

Prezidentning «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan tanlab olinishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, farmonga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

 

– maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikasion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi;

 

– o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning menejment sohasi bo‘yicha bilimi va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejerlik sertifikati beriladi;

 

– maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.

5 Izohlar

Sanjar

03:11 / 09.11.2023

Qanday sertifikatga topshirsak buladi

Shaxnoza

04:10 / 28.10.2023

Menejerlik kursida òqish uchun qanday ròyxatdan òtishim kerak?

Farida

16:10 / 07.10.2023

Menejerlik sertifikatini olish uchun oʻqishga qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi

Farida

16:10 / 07.10.2023

Men ham menejerlik kursiga oʻqimoqchiman

Furqat

12:01 / 01.01.1970

Kursda o'qish uchun qanday hujjat topshiriladi

Izoh qoldirish

//