Ilm-fan
Prezidentning «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan tanlab olinishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, farmonga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
– maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikasion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi;
– o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning menejment sohasi bo‘yicha bilimi va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejerlik sertifikati beriladi;
– maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Islom
16:12 / 28.12.2023
Qanday ruyxatdan utsam buladi menijirlik sertifikati uchun.
Xosiyatxon
03:12 / 27.12.2023
Menejirlik sertifikatini olishim uchun qaysi saytdan kirib o'qishim mumkin. Ushbu kursga qabul qilish tartibi qanday bo'ladi.Iltimos ma'lumot beringizlar.
İroda
00:12 / 27.12.2023
Menejerlik sertifikatini olish uchun qayerdan roʻyhatdan o'tiladi. Sertifikat Qanday olinadi
Nigoraxon
00:12 / 26.12.2023
Toʻlovni qancha oʻqish qancha va qanday davom etadi batafsil malumot bersanggiz
Mirzayev Sherzod Shaymardonovich
03:12 / 20.12.2023
Menejerlik sertifikatini olish uchun oʻqishga qanday roʻyxatdan oʻtsak boʻladi