Jamiyat
Joriy yilning 9–12-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar sabab respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi qayd etilmoqda:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Shuningdek, ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanishi, pasttekisliklarda esa suv bosishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan aholi, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish, xavfsizlik qoidalariga qatʻiy rioya etish soʻralgan.
Sport
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91363
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q