Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan noyob bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi

Saqlash
17:27 / 08.06.2026 75 0

Surxondaryoda 101 gektarli noyob bog‘-o‘rmonzor barpo etgan Aleksandr Fedinning yeri olib qo‘yilib, o‘zi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fozil Farhod bog‘ga tashrif buyurgandan so‘ng ma’lum qilgandi.


Shundan so‘ng, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

“Hozirgi vaqtda Aleksandr Fedin Termiz shahridagi tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga joylashtirilgan va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, uni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, uni Qo‘mita huzuridagi O’rmon agentligi tizimiga ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

Aleksandr Fedinning mamlakatimiz ekologiyasi va ko‘kalamzorlashtirish sohasiga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda, u tomonidan yaratilgan bog‘ni saqlab qolish va rivojlantirishga doir hujjat tayyorlanmoqda. Xususan, mazkur hudud jamoatchilik uchun ochiq ekologik park sifatida tashkil etilib, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Xabarga ko‘ra, kelajakda ushbu hudud negizida jamoatchilik bog‘i tashkil etilib, uning noyob tabiiy merosi saqlanishi va yanada boyitilishi ta’minlanadi.


 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//