Maktab direktori lavozimiga menejerlik sertifikati talab qilinadi

Saqlash
09:50 / 13.05.2022 5147 5

Prezidentning «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan tanlab olinishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, farmonga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

 

– maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikasion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi;

 

– o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning menejment sohasi bo‘yicha bilimi va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejerlik sertifikati beriladi;

 

– maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.

5 Izohlar

Barno

06:01 / 19.01.2024

Assalomu alaykum! Menejerlik sertifikati uchun ro'yhatdan o'taolmayapman. Vediorolik bo'lsa tashlab bersangiz.

Arabjon

07:01 / 13.01.2024

Assalomu alaykum tarmoq adminlari. Berilgan ma'lumotlar yuzasidan tushuntirish va yoʻnalishlarni videorolik sifatida ijtimoiy tarmoqlarga joylansa, barcha maktab rahbarlari va nomzodlarga yordam boʻlar edi. Berilgan tavsiyalar turli xil tushunmovchiliklarga yechim deb oʻylayman.

Farrux

18:01 / 04.01.2024

Assalomu alaykum menejerlik sertfekatini olishim uchun qanday ro'yxatdan o'tishim mumkin

Shukurullo

18:01 / 04.01.2024

Qahday roʻyxatdan oʻtiladi qaysi saytdan

Obloqulov Dilshod Maxmadoliyev

12:01 / 02.01.2024

Menijerlik sertifikatga qanday topshirsa buladi

Izoh qoldirish

//