Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Saqlash
16:09 / 08.06.2026 36 0

Toshkent viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Jahongir Mamajonov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 1978-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Moliya va iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligiga ega. Tayinlovga qadar AQSHdagi JM Group kompaniyalari bosh direktori vazifasida ishlab kelgan.

Ruslan Kunarov Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur lavozim prezidentning tegishli qaroriga asosan boshqa hududlardan farqli ravishda Toshkent viloyati uchun joriy etilgandi.

Ruslan Kunarov 1986-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligiga ega. Tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumanidagi “Bio Korm” xususiy korxonasida Ishlab chiqarish masalasi bo‘yicha maslahatchi vazifasida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Andijon viloyati hokimiga ham ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Abdusattor Otaboyev hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, Elmurod Ismoilov viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//