Afruza Hamdamova shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
14:20 / 08.06.2026 31 0

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova 28-maydan 7-iyungacha Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.


Musobaqa Shveysariya tizimi boʻyicha 9 turdan iborat boʻldi. Turnirda 102 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.


Boshlanish reytingi 2423 boʻlgan va musobaqada toʻrtinchi raqam ostida saralangan 17 yoshli Hamdamova 9 partiya oʻyinda 7,5 ochko toʻpladi. Turnir yakunlariga koʻra, u 2544 performans koʻrsatkichiga erishdi va reytingiga 12,6 ochko qoʻshib oldi.


Turnir davomida oʻzbekistonlik shaxmatchi yetti marta qozondi, bir partiyani durang bilan yakunladi va bir marta magʻlub boʻldi. U Moʻgʻuliston, Xitoy, Hindiston va Rossiya vakilalarini magʻlub etdi, moʻgʻulistonlik Bat-Erdene Mungunzul bilan durang oʻynadi hamda yakunda chempionlikni qoʻlga kiritgan hindistonlik Shri Savitaga yutqazdi.


Shaxmat federatsiyasi maʻlum qilishicha, Hamdamova ikkinchi oʻrin uchun 9000 dollar mukofot puliga ega boʻldi.

 

Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin uning live-reytingi 2439,6 ballga yetdi. Natijada u ayollar oʻrtasidagi jahon reytingida 26-oʻringa koʻtarildi va dunyoning eng kuchli 30 nafar ayol shaxmatchisi qatoriga kirdi.


Oʻzbekistonning yana bir vakili Nilufarxon Imomqoʻziyeva 6 ochko toʻplab, 9-oʻrinni egalladi hamda ayollar oʻrtasida xalqaro grossmeyster (WGM) normativini bajardi. Gulruhbegim Tohirjonova 11-oʻrinni, Guldona Karimova 27-oʻrinni, Asal Salimova 67-oʻrinni, Madinabonu Xalilova esa 69-oʻrinni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//