Endi qurilish obyektlariga kamera oʻrnatish majburiy boʻladi

Saqlash
09:41 / 08.06.2026 22 0

Joriy yilning 1-sentyabridan Oʻzbekistonda ayrim qurilish obyektlarida videokuzatuv kameralarini oʻrnatish majburiy etib belgilanadi.

 

Prezidentning 2026-yil 4-iyundagi farmoniga koʻra, mazkur talab tadbirkorlar tomonidan quriladigan koʻp kvartirali uy-joylar, III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obyektlariga tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, davlat byudjeti hisobidan quriladigan va qiymati 3 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan obyektlarda ham videokuzatuv tizimlari oʻrnatilishi shart boʻladi.

 

Mazkur chora qurilish jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish hamda sohada shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//