O‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar oliygohlarning sirtqi bo‘limiga qabul qilinishi mumkin

Saqlash
18:43 / 27.04.2022 6132 5

Maktablardagi o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar OTMning bakalavriat sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.


Unga ko‘ra, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar mos bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lishi va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi zarur.


Qayd etilishicha, maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, JSHIR, pedagogik ish staji, ish yuritadigan ta’lim muassasasi va hududi) Xalq ta’limi vazirligining dasturiy kompleksi – ERP axborot tizimidan Davlat test markazining maxsus dasturi (my.dtm.uz)ga integrasiya qilish orqali aniqlanadi.

5 Izohlar

Qo'ldshosheva Hulkar

17:08 / 17.08.2023

Assalomu alaykum . Mening 22 yil stajim bor. Bu yil qarorga binoan id. egov uz saytiga kirib, tasdiqdan o'tgan edim. Hech qanday javob bo'lmadi. Yoki bu yil ham sirtqi ta'limga qabul qoldirildimi, yoki bo'lmadimi

Raʼno

12:01 / 01.01.1970

Bizlar ham texnikumda 4yil oʻqiganmiz, oʻsha vaqtda oʻqigan bilim yurtimizning nufuzi baland edi.Diplomga oʻqituvchi deb yozilgan.Shuning uchun staji koʻp, bilim yurtini bitirgan (kollejni emas), bizga oʻxshagan ustozlarga oliygohlarga kirishda yengilliklar yaratib bersanglar maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Mirali

12:01 / 01.01.1970

Men xam 20 yillik ish stajiga egaman.Oliy òquv yurtiga topshirgan edim,maqsadli qabulga xam kira olmapman.80,70 bal tòplaganman.Xech qanaqa yordam bòlmadi.Tuman xalq talimi kadrlar bòlimi xam be farq.Xujjatlarimni DTM ga bermaganmi ,qolib ketdim.Xozir maktabdan 4 soat dars bergan 400 ming oylik bor.400 ming bn oila boqib boladimi.Ishdan xam bòshatishdi. Maktabda oliy malumotli òqituvchilarni kòrsangiz yozishni bilmaydi,doskada sanada xato kòp .

Aziza

12:01 / 01.01.1970

Азиза Курбонова. Менинг хам 29 йиллик иш стажим бор, хозирги кунда мухтарам президентимиз халк таьлимига жуда катта эьтибор каратяптилар, бундан биз халк таьлими ходимлари жуда миннатдормиз. Вактида олий маьлумотли педагоглар ишга келмай бошка турли касбларда ишлаб юрган вактларида хам кам маош олсак хам биз урта махсус маьлумотлилар мактабни тарк этганимиз йок, хозирги кунда тоифа ола олмаймиз аттесттацияга хам кира олмаймиз лекин олий тоифалилар катори ишлай оламиз. Тажриба хам малака хам етарли хар йил бир хил гап, соатимиз хам кам бизни айбимиз олий маьлумотга эга эмаслигимизми. Мен мутасаддилардан шуни илтимос киламанки, шу сохага багишлаган умримиз хакки бизларга хам имкон яратиб берсангизлар. Бизни тушинганингиз учун рахмат.

Nazirxonova O

12:01 / 01.01.1970

Staji kòp òrta maxsus ustozlarga oliy ma'lumotli bòlishi uchun yengillik yaratilishi kerak

Izoh qoldirish

//