Jamiyat
Maktablardagi o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar OTMning bakalavriat sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar mos bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lishi va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Qayd etilishicha, maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, JSHIR, pedagogik ish staji, ish yuritadigan ta’lim muassasasi va hududi) Xalq ta’limi vazirligining dasturiy kompleksi – ERP axborot tizimidan Davlat test markazining maxsus dasturi (my.dtm.uz)ga integrasiya qilish orqali aniqlanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Zubayda
12:01 / 01.01.1970
Juda yaxshi bo'lar edi. Men ham o'rta maxsus o'qituvchilardan biriman. Kasbim faxrim
Mashxura
12:01 / 01.01.1970
20 yildan ortiq ish tajribaga ega ustozlarga ishlashiga imtiyoz berilsa bo'lardi, chunki ularning tajribasi yetarli, barchasini ERP orqali aniqlab masofali o'qishga jalb qilinsa ham ularni boshi osmonga yetadi, ishidan ajralmagan xolda o'qisa ham bo'ladi