Jamiyat
Maktablardagi o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar OTMning bakalavriat sirtqi bo‘limiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar mos bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lishi va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Qayd etilishicha, maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, JSHIR, pedagogik ish staji, ish yuritadigan ta’lim muassasasi va hududi) Xalq ta’limi vazirligining dasturiy kompleksi – ERP axborot tizimidan Davlat test markazining maxsus dasturi (my.dtm.uz)ga integrasiya qilish orqali aniqlanadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Zubayda
12:01 / 01.01.1970
Mening ham 27yillik ish stajim bor.Har yili bir xil gap.Soatimiz kam.Vaqtida ishladik.Endi bo'lsa oliy ga birinchi.O'z vaqtida Ped.Bilim yurtlarida darslar juda zo'r o'tilardi.Hatto Ped.institutlardagi talabalar kelib bizdan so'rab ketishardi.Endi bo'lsa fikringizni aytmoqchi bo'lsangiz ham darrov siz o'rta maxsus.Sizga mumkin emas deyishadi.Axir bizning ham oilaviy sharoitimiz,farzandlarimiz kontraktini to'lashimiz kerak.Hurmatli mutasaddi rahbarlar.Shu sohaga bag'ishlagan umrimiz haqqi bizlarga ham imkoniyat yaratib bersangizlar.Tushunganingiz uchun rahmat.
Gulbahor
12:01 / 01.01.1970
20-30 yil staji borlarni o'rta maxsus o'qituvchilarni suhbat asosida qabul qilishingizni so'rayman. Meni 22 yil stajim bor.Har yili harakat qilaman,talaballikka tavsiya etilmayapman.
Oygul
12:01 / 01.01.1970
Iloji bo'lsa o'rta maxsuslarni suhbat asosida qabul qilish lozim 20-25-30 yil ishlagan ustozlar 3 yil sirtqida ham o'qitilsa bo'lardi.Ish bitta talab bitta,lekin o'ta maxsuslar attestatsiyadan o"tkazilmaydi.Toifa berilmaydi. Ular ham test sinovlaridan o"tkazilsin toifa berilsin
Mohinur Saparova
12:01 / 01.01.1970
Albatta bunday sirtqi yoʼnalish ochilishi lozim chunki oʼrta maxsus maʼlumotlilar oliy maʼlumotlilardan kam emas, ularda tajriba koʼproq deb oʼylayman
Феруза
12:01 / 01.01.1970
Albattada maxsus sirtqi ochilsin . Bechora o'rta maxsus ma'lumotli oqituvchilarda bilim bor, tajriba bor ular uchun maxsus sirtqini ochib quvontirish vaqti allaqachon keldi. Ular farzandlari qatori kantrakt to'lab o'qiy olmaydi, chunki aksariyatining bolalari oliy ta'lim olishyapti .