Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov tobora qizg‘in tus olib, saylovchilar uchun yangi va qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.
Endilikda fuqarolar saylovda ishtirok etish bilan bir qatorda, saylovchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritishga ham o‘z hissangizni qo‘shishi mumkin.
Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalida xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmagan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash imkonini beruvchi maxsus xizmat ishga tushirildi.
Mazkur xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar “Yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish” (https://my.gov.uz/uz/service/389) rukniga kirib, joriy kadastr raqami bo‘yicha hudud hamda tumanni tanlashi va doimiy ro‘yxatda istiqomat qiluvchilar jadvalida ko‘rsatilgan fuqarolarni manzildan o‘chirmoqchi yoki o‘rniga yangi fuqaroni qo‘shmoqchi bo‘lsa, ma’lumotlarni tahrirlashi mumkin. Taqdim etilgan ma’lumotlar mas’ul mutaxassislar tomonidan tekshiriladi va 1 ish kunida to‘g‘rilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tashqi ishlar vazirligining tavsiyasi asosida 50 ga yaqin xorijiy OAV vakillari akkreditasiyadan o‘tkazilgani va imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish masalasi ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergan edik.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q