“Lazgi” III Xalqaro raqs festivali gʻoliblari nomi aniq boʻldi

Saqlash
22:09 / 29.04.2026 51 0

Xiva shahrida oʻtkazilayotgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivalining rasmiy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 30 ta davlat ishtirok etgan festivalda jamoalar bir nechta nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi. Unga koʻra:

“Eng yaxshi raqs” nominatsiyasi boʻyicha faol ishtirokchi Turkiya Respublikasining Anqara davlat sahna sanʼati ansambli;


 

“Eng yaxshi xoreogrof” nominatsiyasi boʻyicha Malayziyaning “Anak seni pendi puteri” raqs jamoasidan Amandu Paul Bin Pananda;

“Eng yaxshi yosh raqqos” nominatsiyasi boʻyicha Rossiya Federatsiyasining “Solnishko” raqs teatr studiyasi;


 

“Eng yosh raqqos va raqqosalar” nominatsiyasi gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan Alina Babeshko, Jaras Joldasbayev, Shahzod Abdusaidov hamda Sabrina Shavkatova mukofotlandi.


 

Quyidagi ishtirokchilar esa “Muxlislar olqishi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi:

Gulnaz Maksudova — Qirgʻiziston Respublikasi;

Nidha Misra – Hindiston;

Yaponiyaning “Nasrin – Oʻzbek va Fors” ansambli;

Turkmaniston Respublikasining “Dessan” raqs guruhi.


 

TURKSOY Xalqaro turkiy tashkilotining maxsus statutetkasi va 1 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti Qozogʻiston Respublikasidan Murat Qarakoʻzga nasib etdi.


 

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” nominatsiyasi gʻoliblari:

3-oʻrin — Shohjaxon Berdibekov (Oʻzbekiston Respublikasi);

2-oʻrin — Yoqutxon Xasanova (Oʻzbekiston Respublikasi), Amina Aliyeva (Ozarbayjon Respublikasi).

1-oʻrin — Karina Kalpakova (Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi) hamda Nodira Seidjanova (Oʻzbekiston Respublikasi).


 

“Eng yaxshi raqs jamoasi” nominatsiyasi gʻoliblari: 

3-oʻrin — “Krijachok” raqs ansambli (Belarus Respublikasi);

2-oʻrin — “Sema” raqs ansambli (Ozarbayjon Respublikasi)

1-oʻrin — Rossiya Federatsiyasi Omsk davlat rus xalq ansambli hamda Qirgʻiziston Respublikasi “Shattik” raqs ansambli.


 

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” nominatsiyasi gʻoliblari: 

3-oʻrin — Buxoro mavjlari” raqs ansambli (Oʻzbekiston Respublikasi)

2-oʻrin — “Saltanat” raqs ansambli (Qozogʻiston Respublikasi)

1-oʻrin — Pekin raqs Akademiyasi ansambli (Xitoy xalq Respublikasi).


 

“Lazgi” III xalqaro raqs festivalining “Gran Pri” mukofotini esa Mohira Jovliyeva (Oʻzbekiston Respublikasi) qoʻlga kiritdi.


 

1-oʻrin gʻoliblari 5 000 AQSH dollari, maxsus statuetka hamda diplom;

2-oʻrin gʻoliblari 3 000 AQSH dollari, maxsus statuetka hamda diplom;

3-oʻrin gʻoliblari 2 000 AQSH dollari, maxsus statuetka hamda diplom;

“Gran Pri” egasi 7000 AQSH dollari pul mukofoti, maxsus statuetka hamda diplom bilan taqdirlanishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//