Jamiyat
Andijon viloyati Marhamat tumanida oʻqituvchilarning uzr soʻragani ortidan hokim oʻrinbosari ishdan olingandi. Viloyat sudlari matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Muxtor Qurbonov sud tomonidan jarimaga tortilgan.
Keltirilishicha, Qurbonov sudda aybiga iqror boʻlgan va qilmishidan pushaymonligini, bu holat qayta takrorlanmasligini, yengillik berishni soʻrab koʻrsatuv bergan. Sud taraflarning koʻrsatuvlarini eshitib, maʼmuriy ish hujjatlarni oʻrganib chiqib, huquqbuzarlik maʼmuriy ish boʻyicha toʻplangan dalillar, tushuntirish xatlari va ishda mavjud boshqa dalillar yigʻindisi bilan oʻz tasdigʻini topgan.
Huquqbuzarning harakatlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1975-moddasi (Taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) 1-qismi bilan toʻgʻri malakalangan deb hisoblaydi.
Sud M.Qurbonovga nisbatan jazo tayinlashda ishdagi ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni, yengillashtiruvchi holatlar tariqasida qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmaganligini va boshqa holatlarni inobatga olib, unga nisbatan qonun sanksiyasida koʻrsatilgan jarima jazosini tayinlashni lozim topgan. Shundan soʻng Muxtor Qurbonovga sud qarori bilan 2 million 700 ming soʻm jarima jazosi tayinlangan.
Avvalroq Andijonda oʻqituvchilardan ota-onalar qarshisida uzr soʻrattirilgani, shundan soʻng viloyat hokim ota-onalar oldida uzr soʻragan oʻqituvchilar ishiga munosabat bildirib, hech bir ustoz bunday holatga tushishiga yoʻl qoʻyilmasligini bildirgandi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q