Jahon
Turkiya Milliy taʼlim vaziri Yusuf Tekin “Turk asri” taʼlim modeli doirasida maktab oʻquv dasturlaridagi koʻplab atamalar oʻrniga milliy xotira, zamonaviy-ilmiy ishlanma va milliy qadriyatlarga mos ravishda yangi terminologiyadan foydalanilishi, tarix va geografiya fanlari panturkizm gʻoyasiga asoslangan holda olib borilishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, darsliklardan “Markaziy Osiyo”, “Egey dengizi”, “Salib yurishlari” va “Buyuk geografik ixtiro” atamalari olib tashlanadi va oʻrniga “Turkiston”, “Orol dengizi”, “Salib bosqinlari” va “Mustamlakachilik davrining boshlanishi” terminlari qoʻllaniladi. Bundan tashqari, “Armaniston masalasi” oʻrniga “asossiz arman daʼvolari” qoʻllanilib, Vatan mavzusi sinflarda moviy, osmon va yashil ranglar bilan uygʻun holda muhokama qilinadi.
.png)
Masalan, suv resurslari endi moviy vatan, Turkiyaning havo hududi koʻk vatan, oʻrmonlari boʻlsa yashil vatan, deb yuritiladi.
Vazir maktab taʼlim dasturiga bu kabi oʻzgartirishlar kiritilishini global siyosiy vaziyat bilan bogʻlagan. Unga koʻra, taʼlim metodologiyasidagi yangilanish yoshlarda milliy ongni mustahkamlash, milliy oʻzlikni anglash, turk tarixi va madaniy merosini murosasiz qoʻllab-quvvatlash kayfiyatini ham shakllantiradi.
Avvalroq Turkiya Milliy taʼlim vaziri Yusuf Tekin “Turk asri” taʼlim modeli doirasida maktab oʻquv dasturlaridagi koʻplab atamalar oʻrniga milliy xotira, zamonaviy-ilmiy ishlanma va milliy qadriyatlarga mos ravishda yangi terminologiyadan foydalanilishi, tarix va geografiya fanlari panturkizm gʻoyasiga asoslangan holda olib borilishini aytgani haqida xabar berilgan edi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
112293
Jamiyat
94969
Jamiyat
91090
Jamiyat
75854
Jamiyat
//
Izoh yo‘q