Jahon
Turkiya taʼlim vazirligi taʼlim dasturiga oʻzgartirish kiritadi. Tarixga yangicha yondashuv doirasida endi “Markaziy Osiyo” termini “Turkiston”ga oʻzgartiriladi.
Turkiya Milliy taʼlim vazirligi Tarix boʻyicha taʼlim dasturlariga fundamental oʻzgartirishlar kiritilgani haqida eʼlon qildi. Yangi yondashuvga koʻra, “Markaziy Osiyo” termini “Turkiston”ga oʻzgartiriladi. Mutaxassislar qayd etishicha, mazkur qaror kelajak avlodlarda oʻzlikni anglash va vatanparvarlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Professor Ahmad Tashagil TRT nashriga “Turkiston” termininig tarixiy ahamiyati haqida aytib bergan:
“ʼTurklar yurtiʼ maʼnosini anglatuvchi Turkiston soʻzi tarixning eng qadimgi davrlaridayoq qoʻllanilgan. 19 asrning ikkinchi yarmida ruslar istilosi oqibatida ʼTurkistonʼ oʻrniga ʼMarkaziy Osiyoʼ termini qoʻllanib, tarqatilgan”.
Taʼlim vazirligining ushbu qaroriga dotsent Ramin Sodiq izoh berdi:
“Bu juda toʻgʻri qaror. Turkiya ham, Turkiston ham asosan turklar yashaydigan hudud maʼnosini anglatadi”.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Sport
111416
Jamiyat
94599
Jamiyat
90561
Jamiyat
74908
Jamiyat
//
Izoh yo‘q