Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, „Shuhrat“ medali sohibi, shoir Yoʻldosh Eshbekka Prezident sovgʻasi – 3 xonali uy kalitini topshirdi. Bu haqda “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali bosh muharriri Farrux Jabborov xabar berdi.
.jpg)
2025-yilning aprelida Farrux Jabborovning Yoʻldosh Eshbekning ijtimoiy holati haqidagi xabaridan soʻng jamoatchilik soʻrovi bilan “Oʻzbek katta el...mi?” degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlangan, natijada oddiy fuqarolardan to yuqori doira vakillarigacha xayriya qilgan va yogʻilgan summa 90 mln soʻmga yetgan edi.
Shundan keyin tadbirkor Marat Hamdamov tomonidan “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilib, oʻsha yilning sentyabrida shoirni oilasi bilan yangi uyga koʻchirib oʻtkazish koʻzda tutilgan edi.
Biroq vaʼda qilingan uy hali bitmaganligi aytilib, hali-hanuz topshirilmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95092
Jamiyat
91311
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q