
Jamiyat
Shoir Yoʻldosh Eshbekka ikki xonali uy beriladigan boʻldi.
Ramazon oyining soʻnggi kunlarida "Til va adabiyot ta'limi" jurnali bosh muharriri Farrux Jabborov o‘z sahifasida shoir Yo‘ldosh Eshbekning ijtimoiy holati yaxshi emasligi, ijodkor yashayotgan xonadon juda kichikligi, xonadonda turuvchilarning esa ko‘pligi sabab kengroq uyga ehtiyoji borligi, sog‘ligining yomonlashgani haqida xabar qoldirgan edi. Natijada jamoatchilik so‘rovi bilan "Oʻzbek katta el...mi?” degan savol ostida yalpi xayriya harakati boshlandi. Shundan so‘ng xayrli ishga daxldor boʻlish istagini bildirganlar, jonkuyar yurtdoshlardan tortib yuqori doira vakillarigacha xayriya tashabbuskorlari bilan bogʻlangan. Bir necha yoʻnalishlarda katta marralarni koʻzlab harakat boshlangan. Ayni vaqtda mazkur harakat natijasida yigʻilgan summa 90 mln soʻmga yaqinlashgan.
Va kuni kecha tadbirkor Marat Hamdamov tomonidan shoir Yoʻldosh Eshbekka “Sergeli city” majmuasidan ikki xonali uy hujjatlari topshirilgan.
“Nasib etsa, sentyabr oyida shoirni oilasi bilan birga yangi uyga koʻchirib oʻtkazamiz. Shu ishga bosh qoʻshganlarning barchasini, xususan, Marat Hamdamov, Mahmud Namozovni olqishlayman. Siz ham duo qiling!”, deb yoziladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Yoʻldosh Eshbek Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi. U 1998-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q